Xyon Chon to‘pig‘idan jarohat oldi
Janubiy Koreya vakili Xyon Chon Liondagi turnirning ikkinchi davrasida ishtirok etishi kerak edi. Biroq u ushbu o‘yinni o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Uning bu qarorga kelishiga asosiy sabab to‘pig‘idan olgan jarohati bo‘ldi, deb xabar bermoqda musobaqa matbuot xizmati.
Endi Xyon Chon o‘rniga "Open Parc Auvergne-Rhône-Alpes Lyon" turnirining asosiy to‘rida "laki-luzer" o‘ynaydi.

Fikrlar