Yair Rodriges Magomedsharipovdan cho‘chidimi?
Avvalroq xabar berganimizdek, rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Zabit Magomedsharipov UFC doirasida Yair Rodriges bilan kuch sinashishi kerak edi. Ammo Yair ushbu jangda ishtirok etishdan bosh tortgani sababli promoushendan haydaldi.
Rordriges tvitterdagi sahifasida ushbu xabarni mish-mishlar deb atadi.
Ammo UFC prezidenti Deyn Uayt ushbu ma’lumotga o‘z fikrini bildirdi:
- Bir yildan buyon Uayt biror bir bahsda ishtirok etgani yo‘q, Rikardo Lamasga qarshi va o‘zidan reyting bo‘yicha pasroq pag‘onani egallagan jangchiga qarshi oktagonga chiqishdan bosh tortdi, - dedi Uayt.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli sportchi UFC doirasida 6 jang o‘tqazib 1 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

Fikrlar