Yangi yulduzlar kashf etilmoqda
Niderlandiya ayollar o‘rtasida davom etayotgan "Ricoh Open - 2017" xalqaro turniri yangi tennis yulduzlarini kashf etmoqda.
Nufuzli musobaqaning dastlabki bosqichida yosh tennischilar bosh sovringa da’vogar bo‘lgan Dominika Tsibulkova (Slovakiya, 1), Kiki Bertens (Niderlandiya, 3), Koko Vandevege (AQSh, 4), Kristina Plishkova (Chexiya, 8), Timya Babosh (Vengriya, 6) kabi saralangan raketka ustalarini musobaqadan chiqarib yubordi.
Ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Karina Vittyoft (Germaniya) — Kamila Djordji (Italiya) 7:6 6:3
Natalya Vixlyantseva (Rossiya) — Andrea Petkovich (Germaniya) 6:3 5:7 6:2
Lesya Tsurenko (Ukraina, 7) — Petra Kreysova (Chexiya, Q) 6:2 6:3
Anett Kontaveyt (Estoniya) — Kirsten Flipkens (Belgiya) 3:6 6:1 6:2
Arancha Rus (Niderlandiya, Q) — Andrea Glavachkova (Chexiya, Q) 6:2 7:5
Fikrlar