Abdug‘aniev va G‘ulomov ilk bor...

  • 9 avgust, 2024, 11:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” mavsumning ikkinchi qismini ham boshlab oldi. 3 avgust kuni Superliganing 14-turida “Bobur arena”da OKMKni (2:3) qabul qilgan bo‘lsa, 7 avgust kuni O‘zbekiston Kubogi chorak finalida Qarshida “Qizilqum” (0:3) bilan o‘ynadi.

OKMKga qarshi o‘yinning 35-daqiqasida yarim himoyachi Ilhom Abdug‘aniev o‘zining aniq zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. “Qizilqum” bilan uchrashuvning 76-daqiqasida esa himoyachi Abdulvohid G‘ulomov boshi bilan navoiyliklar darvozasiga gol urdi.

E’tiborli tomoni shundaki, Abdug‘aniev ham, G‘ulomov ham “Andijon” tarkibida rasmiy o‘yinlarda faoliyatidagi dastlabki gol mualliflariga aylandilar.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!