Abdullaev Superligaga qaytdi
Abdulla Abdullaev faoliyatini "Paxtakor" safida davom ettiradi. 27 yoshli futbolchi "sherlar" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
Yarim himoyachiga Superliganing "Neftchi", "So‘g‘diyona" va OKMK klublari ham qiziqish bildirayotgan. Ammo kurashda "Paxtakor" g‘olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Abdullaev oldinroq "Hor-Fakkan" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangandi.
Fikrlar