Abdulrashid Sadullaev 5 karra jahon chempioni
Oslo shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda.
Oslo shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Navbatdagi kunda erkin kurash bahslari yakunlanib, ayollar kurashi bellashuvlari start oldi.
Kutilganidek, -97 kg vazn toifasidagi final rossiyalik Abdulrashid Sadullaev va amerikalik Kayl Snayder o‘rtasida kechdi. Sadullaevning ustunligida kechgan bahs uning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va beshinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Navbatdagi kunning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
Erkin kurash, -70 kg:
1. Magomedmurod Gadjiev (Polsha)
2. Ernazar Akmataliev (Qirg‘iziston)
3. Evgeniy Jerbaev (Rossiya sport kurashlari federatsiyasi)
3. Zurabi Yakobishvili (Gruziya)
-97 kg:
1. Abdulrashid Sadullaev (Rossiya sport kurashlari federatsiyasi)
2. Kayl Snayder (AQSh)
3. Mahamed Zakariev (Ukraina)
3. Mojtaba Goleij (Eron)
Ayollar kurashi, -55 kg:
1. Tsugumi Sakurai (Yaponiya)
2. Nina Xemmer (Germaniya)
3. Oleksandra Xomenets (Ukraina)
3. Jenna Berket (AQSh)
-62 kg:
1. Aysulu Tinibekova (Qirg‘iziston)
2. Kayla Mirakl (AQSh)
3. Nonoka Ozaki (Yaponiya)
3. Enxbatin Gantuya (Mo‘g‘uliston)

Izohlar (0)