Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Akmal Mozgovoy O‘zbekistonga qaytadimi?

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 1

26 yoshli yarimhimoyachining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

BAAning "Baniyas" klubida harakat qilayotgan Akmal Mozgovoy Superligaga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar chiqqan edi.  Ma’lumotlarga ko‘ra, Mozgovoyga "Andijon" qiziqish bildirmoqda. 

Ammo "Sports uz" sayti jurnalisti Oybek Yo‘ldoshevning xabar berishicha, "Andijon" futbolchi bilan aloqaga chiqqani yo‘q. Akmal hozirda O‘zbekistonga qaytish haqida o‘ylamayapdi. Uning asosiy maqsadi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, jamoaning etakchisiga aylanish. 

Ma’lumot uchun, 26 yoshli yarimhimoyachining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi va uning Transfermarkt portalidagi narxi 1.3 million evroni tashkil qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q