Alvarez baribir "Barsa"ga o'tmoqchi
Qaysar futbolchi ekan
Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares qishki transfer oynasida «Barselona» safiga o‘tishni istamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» yozgi transfer davridayoq argentinalik futbolchini olib kelishga urinigan, ammo bu amalga oshmagan.
Sababi – madridliklar rahbariyati hech qanday muzokara olib borishni istamagan. Topskills Sports UK nashri yozishicha, 26 yoshli forvard yanvar oyida yana bir bor Kataloniya klubiga o‘tish g‘oyasini amalga oshirishga harakat qilmoqchi. U «Atletiko» muxlislarining o‘zini qanday qabul qilayotganidan mamnun emasligi aytilmoqda.
Shu bilan birga, «Barselona» rahbariyati hozircha hujum chizig‘ini kuchaytirishni dolzarb vazifa deb hisoblamaydi. Sababi – jamoa hujumchisi Rafinya Dias mavsum boshidanoq oldingi chiziqda juda ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.

Izohlar (0)