Asosiy mazmunga oʻtish
MMA

Aleksandr Emelyanenko garovga mashinasini tikdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U "Axmat" klubi prezidenti Abuzayid Vismuradov bilan bahs boylashdi.

Rossiyalik jangchi Aleksandr Emelyanenko “Axmat” jangovar klubi prezidenti Abuzayid Vismuradov bilan bahs boylashdi.

Bahs shartiga ko‘ra, Emelyanenko alkagol mahsulotlarini iste’mol qilmasligi kerak.

“U menga bir yil mobaynida spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslikka va’da berdi. Shartnomani buzsa, menga avtomobilini beradi. Biz barchamiz bilamiz, u so‘zini ustidan chiqadigan inson. Va ishonamizki, u bergan va’dasida turadi.

Bizni klubimizda erishgan yuqori formasini qayta tiklay olishiga umid qilamiz”,-dedi Vismuradov.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Chechenistonda ACA 107 trniri doirasida Magomed Ismoilovga qarshi jang uchun tayyorgarlik ko‘radi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q