Aliqulov maydonga qaytdi!

  • 29 sentabr, 2024, 11:32
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turkiya chempionatining 7-turida "Rizespor" "Alanyaspor"ga qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu bahsda Husniddin Aliqulov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi. 

Himoyachi uchrashuv davomida 64 ta aniq pas berib, 5 ta ikkinchi qavatdan to‘pni sheriklariga etkazdi. Ikki marta zarbaga blok qo‘ydi, 3 bora ikkinchi qavat duelida yutib chiqdi. Shuningdek, raqib darvozasiga 3 ta zarba berib, shulardan bittasini darvozabon qaytardi, bittasi noaniq ketgan bo‘lsa, bittasi darvozaga etib bormadi. "Sofa Score" talqiniga ko‘ra, Husniddin 7.2 ballga loyiq ko‘rildi.

Aliqulov "Galatasaroy"ga qarshi bahsda Viktor Osimxen bilan to‘qnashib, jarohat olgandi. Shundan keyin futbolchi 6-turni o‘tkazib yubordi.  

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda "Rizespor"ni 8-turdan o‘rin olgan "Antanlyaspor" bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!