Alissonning keyingi manzili oydinlashib qoldi
Uzoqlarga ketadi
Hozirda Angliya chempionatida «Liverpul» sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli braziliyalik darvozabon Alisson Beker yaqin orada vataniга qaytishi mumkin.
Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar tarqatdi.
Uning ma'lumoticha, qator braziliyalik klublar mashhur posbonni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Alissonning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha mo‘ljallangani sabab, uning transferi real variant sifatida ko‘rilmoqda. Darvozabonning kelajagi bo‘yicha aniqik yaqin oylar ichida ma'lum bo‘lishi kutilmoqda.
Alisson «Liverpul» tarkibiga 2018 yil yozida qo‘shilgan. Transfermarkt portali mutaxassislariga ko‘ra, tajribali darvozabonning bozor qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)