Alonso, shu yulduzni "Chelsi"da olib qol

  • 18.06.2026 20:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning sobiq sardori Jon Terri London klubi hujumchisi Nikolas Jeksonning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, agar Alonso uni yozgi yig‘inga qaytarmasa, jamoaga qo‘shmasa va yaqinidan ko‘zdan kechirmasa, juda qattiq xafa bo‘ladi. Jekson haqiqiy xavf manbai, hujumda bizga boshqacha uslub beradi. U doim raqib darvozasi tomon orqa tomondan yugurib kiradi, Joau Pedro esa ko‘proq pas almashishga, kombinatsion o‘yinga moyil. Ikkalasi birga hujumda juda kuchli juftlikka aylanishi mumkin», — dedi Terri SuperSportTV telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26 yilgi mavsumda Nikolas Jekson «Bavariya» safida ijara asosida o‘ynadi. Myunxen klubi tarkibida u barcha musobaqalarda jami 34 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. Senegalik forvardning «Chelsi» bilan tuzgan shartnomasi 2033 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!