"Атлетико" Alvares bo‘yicha talablarini qo‘ydi

  • 29.06.2026 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchi Xulian Alvaresni «Barselona»ga faqat muayyan shartlar bajarilgan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchi bir necha vaqtdan beri klub rahbariyatiga bosim o‘tkazib, o‘zi istagan transferga erishishga urinmoqda. Ehtimol, u maqsadiga yetib, «matraschilar» rahbariyatini ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan ko‘rinadi.

Sport nashri yozishicha, «Atletiko» «Barselona» bilan muzokaralarni faqat bitta holatda boshlaydi: agar kataloniyaliklar Xulian Alvares uchun kamida 150 million evroni bir yo‘la to‘lashga rozi bo‘lsa. 

Madrid klubini futbolchilar almashinuv varianti qiziqtirmayapti – ular «Barselona»ga bitimga boshqa o‘yinchilarni qo‘shish imkonini bermaydi.

Transfermarkt portali ekspertlari esa Xulian Alvaresning bozor qiymatini 100 million evro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!