
"An-Nasr" Evropadan himoyachi olib kelmoqda
"Feynoord" futbolchisi David Gantsko tez orada Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi safini to‘ldiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu klubi "Feynoord" bilan bo‘lajak bitimning so‘nggi tafsilotlarini muhokama qilgan. Gantsko "An-Nasr" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer qiymati 33 mln evroni tashkil etadi.
David Gantsko 2022 yildan beri "Feynoord"da o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda himoyachi Niderlandiya klubi safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi - 30 mln evro.
Fikrlar