
“An-Nasr” Ronalduga cheklov kiritdi
“An-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu bilan uning o‘yin vaqti bo‘yicha gaplashib olishiga to‘g‘ri keldi.
Suhbat davomida 40 yoshli futbolchining o‘yin amaliyoti bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, tomonlar uchun asosiy maqsad sifatida Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatiga optimal sport formasida etib borishi belgilandi.
Shu bois, portugaliyalik hujumchi “An-Nasr” milliy chempionat va xalqaro miqyosdagi o‘yinlarining kamida 25 foizida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqida Transfer News Live nashri xabar berdi.
Kelishuvdan kelib chiqib, endi Krishtianu Ronaldu jamoa o‘yinlariga usluksiz jalb etilmasligi ham mumkin.
Ma’lumki, Ronaldu 2023 yildan beri Saudiya Arabistonida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda Krishtianu rasmiy uchrashuvlarda urgan gollari sonini 946 taga etkazib oldi va bu mutlaq rekord hisoblanadi.
Krishtianu Ronalduning amaldagi shartnomasi hali ikki yil davomi etishini inobatga olsak, u o‘zi ko‘zlagan marra – rasmiy o‘yinlarda 1000 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.
Fikrlar