Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“An-Nasr” Ronalduga va’da berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Klub xodimlar oldidagi qarzdorlikni to‘laydi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatidan-rahbariyatning o‘tmishdagi xatolari Ar-Riyod jamoasida barqarorlikni tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida tuzatilishiga ishonch bildirdi. Bu haqida Arriyadiyah xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yaqin kunlarda "An-Nasr" xodimlar oldidagi qarzdorlikni to‘laydi. Shuningdek, klubning ma’muriy tuzilmasida keng ko‘lamli o‘zgarishlar, jumladan, klub direktorlar kengashi raisi Abdulla Al-Majedning iste’foga chiqishi kutilmoqda. Bundan tashqari, "An-Nasr" dekabr oyida ishdan bo‘shatilgan direktorlar Joze Semedu va Simau Koutinyuning vakolatlarini qaytarib oladi.

Avvalroq OAVda Ronaldu "An-Nasr"ning so‘nggi o‘yinlarida Saudiya Arabistonining bir qator klublariga nisbatan Suveren jamg‘arma (PIF) siyosatiga norozilik sifatida maydonga tushmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q