"An-Nasr" Ronalduning maoshini kechiktirmoqda
Kriştianu Ronaldu "An-Nasr" tarkibida ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham maydonga tushmadi.
A Bola nashri ma'lumotlariga koʻra, Ronaldu maydonga tushishga tayyor boʻlar edi, agar klub rahbarligi maosh boʻyicha qarzini qoplaganida. Ammo vaziyat oʻzgarmagani uchun sportchi oʻz noroziligini davom ettirib, oʻynashni rad etmoqda.
Uning fikriga koʻra, klubga tegishli Saudiya Davlat investitsiya fondi siyosatlari oʻzgarmagan. Qishki transferlar oynasida tarkib kuchaytirilmagani bilan birga, tashkilotda faqat futbolchilarga emas, balki butun murabbiylar shtabi va oddiy xodimlarga ham toʻlovlarda jiddiy kechikishlar davom etmoqda.
Kriştianu mazkur nizo hal qilinishigacha maydonga qaytmaslikni rejalashtirmoqda.
Fikrlar