Anchelotti Vinisiusning joriy holatini baholadi
Anchelotti Vinisius hozir eng yaxshi formada emasligini, ammo uning mahorati shubhasiz ekanini va tez orada darajasiga qaytishini aytdi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Vinisius Juniorning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
Mutahassisga ko‘ra, Vinisius hozir eng yaxshi pallasida emas, ammo uning maydondagi salohiyati va mahoratidan shubha yo‘q.
«Ehtimol, hozir u uchun eng omadli davr emasdir. Lekin jahon chempionatida u terma jamoamiz tarkibida o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Futbolchi doim ham eng yuqori sport formasida bo‘lishi mumkin emas. Vinisiusning mahorati shubhasiz. U fantastik futbolchi, dunyodagi eng kuchlilardan biri. Ishonchim komilki, keyingi o‘yinlarda u yana o‘z darajasiga qaytadi», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Times of India nashri.
Avvalroq Vinisius Madriddning «Real» jamoasida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izohlar (0)