
Anchelottining talabi rad etildi
“Real” rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottining tarkibni kuchaytirish borasidagi taklifini qabul qilmadi.
Italiyalik mutaxassis jamoaga yana bir nafar markaziy himoyachi zarurligini uqtirmoqda.
Biroq yozda Endrik va Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olgan “Qirollik klubi” boshqa o‘yinchi olishga shoshilayotgani yo‘q.
Karlo Anchelotti himoya markaziga o‘yinchi so‘rab, klub direktorlar kengashiga qilgan murojaati ijobiy qabul qilinmadi va italiyalik murabbiyga bor o‘yinchilardan foydalanish kerakligi aytildi.
O‘tgan mavsum yakunlanishi bilan jamoa sardori va himoya chizig‘i etakchisi Nacho Fernandes erkin agent sifatida Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” jamoasiga o‘tib ketgan edi. Anchelotti uning o‘rniga munosib o‘rinbosar olishni istayapti.
Fikrlar