"Andijon": 7-o‘rindan 7-o‘ringacha!

  • 05.12.2023 16:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Mavsum yakunlangach, turli xil ko‘rinishdagi sarhisoblar, statistik raqamlar haqida ma’lumotlar taqdim etib borilishini inobatga olgan holda hozirgi qishki tanaffusdan foydalanib e’tiboringizga “Andijon” klubiga doir statistik ko‘rsatkichlarni asta-sekin taqdim etib boramiz.   

Xabaringiz bor, jamoa “Superliga-2023”ni 7-o‘rinda yakunladi. Qizig‘i, O‘zbekiston chempionati ilk start olgan 1992 yilda ham “Andijon” yakunda 7-pog‘onadan joy olgan.

Hozircha “Andijon”ning eng yuqori natijasi 5-o‘rin bo‘lib, bu 2008 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi.

Umumiy hisobda “Burgutlar” 6-marotaba 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Andijon” O‘zbekiston chempionatida bungacha so‘nggi bor 2010 yilgi mavsumda 7-pog‘onadan joy olgan.

E’tiborlisi, shundan beri chempionatni 10-o‘rindan pastki o‘rinlarda tugatib kelayotgandi. Shuni inobatga oladigan bo‘lsak, jamoaning joriy yildagi natijasi ancha yaxshilanganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Quyida jamoamizning O‘zbekiston chempionatlaridagi egallagan o‘rni bilan tanishasiz:

1992 yil – 7-o‘rin

1993 yil – 7-o‘rin

1994 yil – 11-o‘rin

1995 yil – 8-o‘rin

1996 yil – 8-o‘rin

1997 yil – 12-o‘rin

1998 yil – 10-o‘rin

1999 yil – 6-o‘rin

2000 yil – 8-o‘rin

2001 yil – 8-o‘rin

2002 yil – 10-o‘rin

2003 yil – 7-o‘rin

2004 yil – 14-o‘rin

2006 yil – 10-o‘rin

2007 yil – 10-o‘rin

2008 yil – 5-o‘rin

2009 yil – 7-o‘rin

2010 yil – 7-o‘rin

2011 yil – 12-o‘rin

2012 yil – 14-o‘rin

2014 yil - 14-o‘rin

2015 yil – 13-o‘rin

2016 yil – 16-o‘rin

2019 yil – 10 –o‘rin

2020 yil – 13-o‘rin

2021 yil – 13-o‘rin

2023 yil – 7-o‘rin

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!