"Andijon" noxush an’anasiga barham beradimi?

  • 02.08.2024 14:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

3 avgust kuni “Andijon” jamoasi Superliganing 2-davradagi ishtirokini rasman boshlaydi. Shu kuni “Burgutlar” 14-tur doirasida “Bobur arena”da OKMKni qabul qiladi.

Yodingizda bo‘lsa, birinchi davraning ilk turida Olmaliqda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda darvozalar daxlsiz qolgan – 0:0.

Shu kungacha jamoalar chempionatda 25 marotaba kuch sinashdilar. “Andijon”da 4, OKMKda 16 ta g‘alaba bor.  5 ta to‘qnashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati 28\48 olmaliqliklar foydasiga.

“Andijon” olmaliqliklarni oxirgi bor 2011 yilgi mavsumda mag‘lub etgan. O‘shanda 1:0 hisobi qayd etilgan. 2014 yilda esa Andijondagi bahsda 1:1 natijasi kuzatilgan. Shundan beri Andijondagi bahslarda raqib jamoaning qo‘li baland kelyapti.

Barcha ishqibozlarni “Bobur arena”da kutamiz. Bahs 3 avgust kuni soat 19:45 da boshlanadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!