Angliya chempioni bo‘lolmasang, jamoadan ketasan!
Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida yetakchilik qilayotgan “Arsenal” o‘yinida ham pasayish kuzatilmoqda. Aslida Mikel Arteta jamoasi oxirgi yillarda mavsum davomida yetakchilik qilib, hal qiluvchi pallada “Manchester Siti” yoki “Liverpul”ni oldinga o‘tkazib yuborgani bir necha bor kuzatildi.
Bu yil ham shu voqea takrorlanishidan xavotir olayotgan klub rahbariyati bosh murabbiy Mikel Arteta oldiga jiddiy talab qo‘ydi.
Unga ko‘ra, agar jamoa joriy mavsumda Premier-liga chempioni bo‘lmasa, London klubi murabbiy bilan xayrlashadi.
Give me Sport ma’lumotiga ko‘ra, klub bunday ultimatumni asosli, deb hisoblamoqda. Tarkib, resurslar va turnir jadvalidagi holatni hisobga olganda, chempionlikdan past natijani qabul qilib bo‘lmaydi.
Fikrlar