Anjelik Kerber o‘ziga keldi
Germaniyalik Anjelik Kerber “WTA Apia International Sydney – 2018” musobaqasida chexiyalik Lyusi Shafarjovaga qarshi kortga chiqdi.
Sidney shahrida o‘tkazilgan mazkur bahsning birinchi setini 7:6 hisobida boy berib qo‘ygan Anjelik ikkinchi setda tay-brekda g‘alaba qozondi. hal qiluvchi setda esa germaniyalik tennischi bor imkoniyatini ishiga solib, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi Anjelik Kerber ikkinchi davrada amerikalik Vinus Uilyams bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)