Anna Chakvetadze xonadonida bayram

Bugun rossiyalik tennischi Anna Chakvetadze 31 yoshga to‘ldi.

Anna Chakvetadze 1987 yilning 5 mart kuni Rossiyaning Moskva shahrida tavallud topgan va sakkiz yoshidan beri tennis bilan shug‘ullanib keladi. 

Annaning otasi Jambuli katta tadbirkor bo‘lib, rafiqasi Natalya uy bekasi. Shuningdek, uning Roman ismli ukasi bor. Chakvetadze tennis bilan birgalikda musiqa maktabida fortepiano chalishga ham qatnashgan.

Dastlab Chakvetadze Moskva Bolalar xalqaro tennis akademiyasida mazkur sport turining sir-asrorlarini o‘rgana boshlaydi. Unga ilk tennis saboqlarini Viktor Pavlov o‘rgatgan. Keyin esa Anna
polshalik Pavl Ostrovski bilan professional tarzda mazkur sport turi bilan shug‘ullanadi.

y1.jpg

Professional tennischi sifatida u faoliyatini 2003 yilda boshlaydi. U faolisti davomida sakkizta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lib, 3.909.854 AQSh dollar pul mukofotini qo‘lga kiritgan.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!