Anri: «Biz kuchliroq Ispaniyani ko‘ramiz»

  • 16.06.2026 22:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda Ispaniya milliy jamoasi jahon chempionatida debut qilayotgan Kabo-Verde terma jamoasiga qarshi kutilmagan durang qayd etdi –  0:0 hisobida. Birinchi turidagi ushbu natija futbol jamoatchiligida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini o‘tmişdagi mashhur fransuz futbolchisi Tyerri Anri bildirdi.
 

«Bu yerga juda ko‘p iste’dodli futbolchilar kelgan, ularga esa maydondagi daqiqalar va ishonch kerak. Ispaniyaning yanada kuchli o‘yinini ko‘ramiz, men bunga ishonaman. Bu faqat bitta o‘yin, xolos», – deya Anrining so‘zlarini AS nashri keltiradi.
 

21 iyun kuni  Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Saudiya terma jamoasi Urugvayga qarshi uchrashuvda ham durangga erishgan edi.
 

Eslatib o‘tamiz, AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan jahon chempionatiga Ispaniya amaldagi Yevropa chempioni sifatida yetib kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!