Antoni faoliyatini La Ligada davom ettiradi
Ispaniyaning "Betis" klubi "Manchester Yunayted" bilan braziliyalik vinger Antoni transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb yozadi jurnalist Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi braziliyalik futbolchining transferi uchun 25 mln evro to‘laydi. Bundan tashqari, "qizil iblislar" vingerning kelajakdagi sotuvining 50 foizini oladi.
O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida hujumchi "yashil-oqlar" safida ijara asosida o‘ynadi. Bu davrda u barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar