Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Anvar Berdiev: "O‘yin bitta golgacha bo‘ldi"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumani.

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” – “Mash’al” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida g‘uzorliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiev savollarga javob qaytardi.

- O‘yin haqida nima deyish mumkin? O‘yin bitta golgacha bo‘ldi. Ikkala jamoa ham bir-biriga teng edi. “Mash’al” o‘z vaziyatidan foydalanib ketdi. Futbolchilarim esa imkoniyatdan foydalana olishmadi. “Mash’al” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.

- Bitta uchrashuvda 4 sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatildi. Jamoada tartib-intizom borasida muammolar bormi?

- Tartib-intizom bo‘yicha hech qanaqa muammo yo‘q. Qizil kartochka bo‘lgan vaziyatda hujumchi ehtirosga berildi va bunday o‘ynamasligi kerak edi. Xohlaymizmi-yo‘qmi, hujumchida darvozaga zarba yo‘llash ishtiyoqi kuchliroq bo‘ladi. Balki o‘sha vaziyatda hujumchimiz o‘zini tuta olmay qoldi, deb o‘ylayman.

- Sirojiddin Qo‘ziev tarkibda ko‘rinmadi...

- Ko‘rgan bo‘lsanglar, Qo‘ziev “Navbahor” bilan uchrashuvda jarohat olgach, o‘yinni oxirigacha etkaza olmagandi. Bundan tashqari, eng yaxshi o‘yinchilarimizdan biri Shaxzod Ne’matjonov ham bizga yordam bera olmayapti. Albatta, ularning o‘rni bilindi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q