APL. 6-tur yakunlandi
Ushbu turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan tanishing.
APLning 6-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Mag‘lubiyatsiz kelayotgan "Liverpul" safarda "Kristal Pelas"ga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, "Chelsi" o‘z uyida "Brayton"ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Turning markaziy uchrashuvi sifatida qaralgan "Nyukasl" va "Arsenal" jamoalari ishtirokidagi o‘yinda Arteta shogirdlari kambek amalga oshirib, 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Ayni paytda turnir jadvalida mersisaydliklar peshqadamlik qilmoqda.
Quyida 6-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan batafsil tanishib chiqing.
"Brentford" 3–1 "Manchester Yunayted"
"Manchester Siti" 5–1 "Byornli"
"Lids" 2–2 Bornmut
"Kristal Pelas" 2–1 "Liverpul"
"Chelsi" 1–3 "Brayton"
"Nottingem Forest" 0–1 "Sanderlend"
"Tottenxem 1–1 Vulverxempton"
"Aston Villa" 0–0 "Fulxem"
"Nyukasl" 0–0 "Arsenal"
"Everton" 0–0 "Vest Xem"


Izohlar (0)