APL tarixidagi eng ravso transferlar: Kimlar bor?

  • 25.02.2026 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik ESPN talqiniga koʻra, Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng omadsiz transferlar reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

2022-2023 yilgi mavsumida “Chelsi” Mudrikni “Shaxtyor”dan 70 million yevro evaziga sotib olgan edi. Nashr ekspertlarining taʼkidlashicha, yuqori narxiga qaramay, Mudrikning oʻyini klub kutgan natijani bermadi.

U “Chelsi” safida 73 ta oʻyinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi, ammo bu transferdan klub kutgan samarani olgani yoʻq. Ukrainalik futbolchi ishtirok etgan soʻnggi rasmiy oʻyin 2024 yil noyabr oyi oxirida Konferensiyalar ligasida “Xaydenxaym”ga qarshi (2:0) uchrashuv boʻlib, u oʻsha bahsda gol urgan edi. Keyinchalik oʻyinchi qonidan doping topilgan va u diskvalifikatsiyaga uchragan.

ESPN talqini boʻyicha APL tarixidagi eng omadsiz 10 transfer

  1. Mixail Mudrik — «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga, 70 million yevro
  2. Antoni — «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga, 95 million yevro
  3. Nikolyа Pepe — «Lill»dan «Arsenal»ga, 80 million yevro
  4. Ali Dia — «Sautgempton»ga erkin agent sifatida
  5. Dyeniel Drinkuoter — «Lester»dan «Chelsi»ga, 37,9 million yevro
  6. Rikardo Alvares — «Inter»dan «Sanderlend»ga, 10,5 million yevro
  7. Romelu Lukaku — «Inter»dan «Chelsi»ga, 113 million yevro
  8. Tomas Brolin — «Parma»dan «Lids Yunayted»ga, 5,3 million yevro
  9. Kalvin Fillips — «Lids Yunayted»dan «Manchester Siti»ga, 49 million yevro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!