APL. “Tottenxem”ga g‘alaba tatimadi
Ali Ahmadxo’jayev
Uzoq kutilgan g‘alabaga qaramay jamoa hali ham xavfli zonada
Angliya chempionati 34-turidan o‘rin olgan “Vulverxempton” - “Tottenxem” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda “shporlar” kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yagona gol 82-daqiqada Joau Palinya tomonidan kiritildi. London klubi ochkolari sonini 34 taga yetkazdi.
Uzoq kutilgan g‘alabaga qaramay jamoa hali ham xavfli zonada, 18-o‘rinda turibdi. 17-o‘rinda ketayotgan “Vest Xem” bugun g‘alaba qozondi. “Bolg‘achilar” “Everton” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 36 taga yetkazib olishdi.

Izohlar (0)