APLda navbatdagi iste’fo yuz berdi!

  • 12.02.2026 05:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

“Nottingem Forest” rahbariyati bosh murabbiy Shon Daychni lavozimidan ozod etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Biz Shon va uning shtabiga klubdagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelajakda omad tilaymiz", — deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Daych jamoani 2025 yil oktyabr oyida qabul qilib olgan, ammo u natijalarini yaxshilay olmadi. Ayni paytda “o'rmonchilar” APL turnir jadvalidа 27 ochko bilan 17-o'rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!