Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

APLning uch etakchi klubi Shelderupni kuzatmoqda

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» 40 mln yevro evaziga «Benfika» vingeri Andreas Shelderupni sotib olishga qiziqmoqda.

«Benfika» va Norvegiya terma jamoasi vingeri Andreas Shelderup yaqin vaqtlarda Angliya premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida portugal nashri A BOLA xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga «Liverpul», «Chelsi» va «Tottenxem» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shelderupning o‘zi ham 2026 yildagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng karyerasini yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, «Benfika» yosh vinger uchun kamida 40 million yevro talab qiladi. Bu narx futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallanganiga qaramasdan qo‘yilgan.

2025/26 yildagi mavsumda Shelderup barcha musobaqalar hisobga olingan holda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q