Arbeloa “Real” sardori bilan gaplashmayapti
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mohir himoyachisi Daniel Karvaxal bilan deyarli muloqot qilmayapti. Bu haqida El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Jarohatdan tiklanib olgan “Real” sardori o‘zini o‘ynashga tayyor deb hisoblaydi, biroq bosh murabbiy nega uni zahirada qoldirayotganini futbolchiga tushuntirmayapti.
Avvalroq matbuotda Karvaxal o‘yin oldidan bo‘ladigan chigalyozdi mashg‘ulotlarida ham ishtirok etmayotgani haqida ma’lumot chiqqan edi.
Himoyachi 2013 yildan buyon “Real” safida o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha turnirlarda 436 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urgan va 65 ta golli uzatma bergan.
Joriy mavsumda futbolchi 10 ta o‘yin o‘tkazib, samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.
“Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi gan Karvaxalni Transfermarkt portali ekspertlari 7 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar