Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Arina Sobolenko qulashda davom etmoqda

Zohir2018
Izohlar: 0

Belarus tennischisi yakkalik bahslarida munosib ishtirok eta olmayapdi

Charlston shahrida o‘tayotgan "Premera" turkumiga kiruvchi "Volvo Car Open" musobaqasida tennis malikalari uchinchi davra bahslarini o‘tkazmoqda.

Unda dunyoning to‘qqizinchi raqamli tennischisi belaruslik Arina Sobolenko va puertorikolik Monika Pyuig o‘zaro raqobatlashdi. Ular o‘rtasidagi o‘yin 2:6, 5:7 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa Pyuig chorak final bosqichiga yo‘l olib, amerikalik Daniel Kollinzga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadigan bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q