"Arsenal" asosiy himoyachisini jamoada saqlab qolmoqchi

  • 23.01.2026 13:32
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi niderlandiyalik himoyachi Yurrien Timber bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, Londonliklar niderlandiyalik himoyachining o‘yinlaridan mamnun va u bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, "kanonirlar” hamkorlikni 2030 yoki 2031 yilgacha uzaytirishni maqsad qilgan. "Arsenal" ustozi Mikel Arteta Timberga yuqori baho berib, uni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblaydi. Ayni vaqtda "to‘pchilar" eng yaqin ta’qibchisini 7 ochko ortda qoldirgan holda, APL turnir jadvalida yakka hokimlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!