"Arsenal"da meni ajratib qo'yishdi
Braziliyalik yulduz Londondan nega ketganini ochiq aytdi
Yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida hujumchi Gabriel Jezus «Arsenal»dan «Barselona»ga o‘tdi. Braziliyalik futbolchi so‘nggi haftalarda boshidan kechirgan holatlari haqida gapirib berdi.
«Rostini aytsam, men mashg‘ulotlarda qatnashdim, «Arsenal» bilan mavsum oldi tayyorgarligini odatdagidek o‘tkazdim. Albatta, u yerda o‘ynamasligimni tushunardi, lekin hech kim menga aniq hech narsa demadi. Men professionalman, jamoa bilan shug‘ullandim, keyin esa meni asosiy tarkibdan alohida mashg‘otlarga yuborishdi. Shunga qaramay, mashq qildim, o‘zimni ayamadim, chunki har qanday paytda yuqori darajada o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lishiga tayyor turishim kerak edi.
Transfer oynasi yopilishiga bir hafta qolganida hammasi juda tez ro‘y berdi. Mening agentim juda yaxshi ishladi, keyin esa «Barselona» rahbariyati va Deku harakatga tushdi. Bu yerga o‘tish imkoniyati borligini anglagach, albatta, darhol «ha» dedim. Hozir juda baxtliman», – deya Jezusning so‘zlarini Sporty TVga tayanib The Sun keltiradi.
Gabriel Jezus allaqachon «Barselona» safida debut qilishga ulgurgi – u La Liganing «Valensiya»ga qarshi uchrashuvida maydonga tushdi.
Izohlar (0)