"Arsenal" himoyachilar A Seriya grandi radarida

  • 31 dekabr, 2023, 15:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" Londonning "Arsenal" klubining ikki himoyachisiga ko‘z tikmoqda. "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, neapolliklar Takexiro Tomiyasu va Yakub Kivyorni sotib olmoqchi.

Tecno

Ikkala futbolchi ham avval Italiya A seriyasida o‘ynashgan. Tomiyasu “Bolonya” safida to‘p surgan, Kivyor esa "Spetsiya" sharafini himoya qilgan.

"Napoli" qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. "Arsenal" himoyachilari ustuvor nomzodlar bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Kivyor joriy mavsum Premer-ligada atigi 7 ta, Tomiyasu esa 12 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!