Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Arsenal" himoyachisini uch klub olib ketmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Badavlat klublar chaqiryapti

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Kristian Moskera atrofida transfer qiziqishlari kuchaymoqda.

CaughtOffside nashri xabariga ko‘ra, Turkiyaning «Fenerbahçe» jamoasi 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda. Moskeraning bozor qiymati taxminan 35–41 million yevro atrofida baholanmoqda. 

Manbaga ko‘ra, yaqin kunlar ichida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» va «An-Nasr» klublari ham himoyachi uchun taklif yo‘llashni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Moskerani jamoa uchun muhim futbolchi sifatida ko‘radi va uni saqlab qolish tarafdori ekani ta’kidlanmoqda. Futbolchining ketishi ehtimoliga yana bir omil to‘siq bo‘lmoqda: Salibaning og‘ir jarohati tufayli u bir necha oy maydonga tusha olmaydi. Bu esa himoya chizig‘idagi raqobat va chuqurlikni saqlash masalasini yanada dolzarb qiladi.

Joriy mavsumda Kristian Moskera Angliya premyer-ligasidagi ikki o‘yinda va Angliya Superkubogi bahsida maydonga tushdi. U hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q