Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Arsenal" yuz million evrolik transferni hal qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Arteta kutgan oʻyinchi keladi

«Arsenal» klubi «Aston Villa» hujumkor futbolchisi Morgan Rojers transferi bo‘yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Bu haqida Sky Sports jurnalisti Sasha Tavolieri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, ikki jamoa vakillari doimiy muloqotda bo‘lib turibdi. Suhbatlar ijobiy ruhda o‘tmoqda va tomonlar kelishuvga yaqinlashib bormoqda. London klubi futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha asosiy bandlarni allaqachon kelishib olgan. Yangi bitim 2031 yil iyuniga qadar mo‘ljallanaotgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 23 yoshli angliyalik futbolchi bu yozda «Arsenal» safiga o‘tish istagi borligini «Aston Villa» rahbariyatiga rasmiy yetkazgan. Bu qaror muzokaralar sur’atini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, Birmingem klubi Rojersga o‘rinbosar topish ishlarini boshlab yuborgan. Jamoa rahbariyati uning ketishi tobora real ehtimolga aylanayotganini yaxshi anglamoqda.

Manbaga ko‘ra, kelasi haftada tomonlar yana bir necha uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Ularda bitimning qolgan barcha jihatlari bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish ko‘zda tutilgan. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, transfer umumiy qiymati taxminan 100 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Bunday summa Rojersning o‘tishini joriy yozgi transfer oynasidagi eng yirik bitimlardan biriga aylantiradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q