
"Arsenal"da uchta variant bor!
Londonning "Arsenal" jamoasi maydon markazini kuchaytirmoqchi. "Todofichajes" nashrining xabar berishicha, "kanonirlar"ning transferlar ro‘yxatida uchta yarim himoyachi bor.
Ingliz klubi Joshua Kimmix, Martin Subimendi va Duglas Luis nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri yozgi transfer oynasida London jamoasi safiga qo‘shilishadi. "Arsenal" Tomas Parteyning ketishi ortidan yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Angliya Premer-ligasining 24-turidan so‘ng Mikel Arteta shogirdlari 52 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘onani 54 ochko bilan “Liverpul” egallab turibdi.
Fikrlar