Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Arteta jahon chempionini "Real"ga jo'natib yuboradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ketgani ma'qul

Futbolchi qishda jamoasini almashtirishi mumkin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Martin Subimendining kelajagiga oid qarorini qabul qilgani xabar qilinmoqda. Bu haqida El Nacional nashri yozdi.

Manbaga ko‘ra, Arteta futbolchiga qishki transfer oynasidan so‘ng uni erkin qo‘yib yuborishini va’da qilgan. Subimendi uchun eng ehtimoliy yangi manzil sifatida madriddlik «Real» tilga olinmoqda.

Martin Subimendi 2025 yil yozida «Real Sosyedad» tarkibidan «Arsenal»ga o‘tgan edi. London klubi bilan tuzilgan shartnoma 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 65 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q