
Artyom Petrosyan "Olimpik" bosh murabbiyi!
O‘zbek futbolida bir necha yildan buyon samarali faoliyat olib borayotgan murabbiy Artyom Petrosyan “Olimpik” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
1980 yilda tavallud topgan mutahassis faoliyati mobaynida “Metallurg”, “Andijon” kabi jamoalarda ishlagan. Deyarli 2,5 yil "Andijon"da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan Artyom Aramaisovich endi mustaqil ravishda ish boshladi.
Yangi bosh murabbiyga “Xush kelibsiz” deb qolamiz va jamoadagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.
Bungacha "Olimpik"ni Mirko Elichich boshqargandi. Kuni kecha u "Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Fikrlar