Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ayni damda O‘zbekiston guruhida vaziyat qanday?

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Maksimal natija!

"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Alqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi. 

Shu tariqa, "oq bo‘rilar" ikkinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Ikki g‘alabadan so‘ng 6 ochko qo‘lga kiritgan Katanets shogirdlari jadvalda peshqadam bo‘lib turibdi. Ayni damda esa BAA va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv davom etmoqda. 





 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q