Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Badavlat klub "Braga"dan zo‘r darvozabon olyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning iqtidori ko‘zga tashlandi

Portugaliyaning «Braga» klubi va Chexiya terma jamoasi darvozaboni Lukash Gornichek «Nyukasl» safiga o‘tish arafasida turibdi. 

Sky Sports nashri ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli posbon Angliya klubiga transferi oldidan Ispaniyada tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Manbaga ko‘ra, ko‘chish haqidagi rasmiy e’lon yaqin kunlarda beriladi. Xabar qilinishicha, «Nyukasl» mutasaddilari «Braga» bilan tuzilgan shartnomada ko‘zda tutilgan maxsus banddan foydalanib, darvozabonning transferini amalga oshirishga qaror qilgan. 

Bu bandga muvofiq, ingliz klubi Gornichek uchun 30 million yevro to‘laydi. Chexiyalik futbolchi «Nyukasl»ning asosiy darvozaboniga aylanishi kutilmoqda.

Gornichek 2019 yil yozida Chexiyaning «Pardubitse» jamoasidan «Braga»ga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda jamoa tarkibida 55 o‘yin o‘tkazib, 51 gol o‘tkazib yubordi. Shu bilan birga, 24 uchrashuvni darvozasini daxlsiz saqlagan holda yakunladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q