
Bahodir Jalolov "Gubernator kubogi" g‘olibi!
Sankt-Peterburg shahrida bir necha kun davom etgan "Gubernator kubogi"ning so‘ngi final jangida og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Ivan Veryasov bilan to‘qnash keldi. Kutilganidek hozirgi kunda o‘z vazn toifasida jahonning eng kuchli bokschisi bo‘lib turgan Jalolov raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi. Jang ikkinchi raundda yakunlandi. Chunki hamyurtimiz raqibini nokaut holatiga tushirgan tarzda g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa yana bir vakilimiz ushbu turnirning chempioniga aylandi.
Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" finalida mezbon bokschiga qarshi jang qildi
Shahobiddin Zoirov "Gubernator kubogi"da qozog‘istonlik boksiga qarshi jang qildi
Fikrlar