Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Bahromjon Fozilov muddatidan oldin g‘alaba qozondi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Fozilov navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan "APF-1" turniri yakuniga etdi. Asosiy kard bahsida o‘rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bahromjon Fozilov navbatdagi jangini o‘tkazdi. Ozarbayjon vakili Ali Mammadov bilan bo‘lgan bahsning ikkinchi raundida hamyurtimiz texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Bu uning professional boksdagi 8-g‘alabasi bo‘ldi. Shuningdek, ushbu g‘alaba orqali Fozilov o‘ziga tegishli bo‘lgan WPBF kamarini munosib himoya qildi.

25 yoshli Fozilov Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. Havaskor boksda murabbiy Olimjon Aliqulov bilan mashg‘ulotlar olib borgan. O‘zbekiston chempionati bronza medalchisi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati qatnashchisi hisoblanadi. Professional faoliyati janglarga tayyorgarlik borasida murabbiy Zoirjon Usmonov bilan ishlab kelmoqda. Menejeri Umidjon Urinov.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q