
Balde mashg‘ulotlarga qaytdi
"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde umumiy guruh mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lgan va to‘liq safga qaytgan. Biroq "Barselona" murabbiylar shtabi tavakkal qilmaydi. Ya’ni Balde La Liganing navbatdagi turi doirasidagi "Real Ovedo"ga qarshi o‘yinda maydonga tushirilmaydi.
Ispaniyalik chap qanot himoyachisi hozircha joriy mavsumda La Liganing uchta o‘yinida maydonga tushdi. "Real Ovedo" - "Barselona" bellashuvi 25 sentyabr kuni 00:30da start oladi.
Fikrlar