Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Barkli APLga qaytdi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

U "Aston Villa" bilan shartnoma imzoladi

O‘tgan mavsumni "Luton"da o‘tkazgan Ross Barkli "Aston Villa"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqida APL klubi rasman e’lon qildi. 

Image

Ushbu transfer uchun birmingemliklar bonuslari bilan 6 million evro sarflashdi, lekin u bilan necha yillik shartnomaga qo‘l qo‘yilgani borasida ma’lumotlar yo‘q. 

Barklining "Aston Villa"ga o‘tishida Unai Emeri katta ishni bajardi. Aynan ispaniyalik mutaxassis yarim himoyachini tarkibda ko‘rishni istadi va rahbariyatdan mazkur xaridni so‘radi. 

Eslatib o‘tamiz, Barkli faoliyati davomida "Lids", "Everton", "Chelsi", "Nitstsa" kabi jamoalarda to‘p tepishga ulgurgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q