Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Barkola PSJdan nega ketmoqchi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U nimadan norozi?

“Pari Sen-Jermen” qanot hujumchisi Bredli Barkola jamoadan ketish payiga tushib qolgan. Klub rahbariyati ham uni sotib yuborishga tayyor.

Iste'dodli to'purarga Yevropaning qator grandlari og'iz sola boshladi. Barkolaning Parij klubidan ketishga urinayotgan uning jamoadagi mavqeidan norozi ekani bilan bog'liqligi aytilmoqda.

Bosh murabbiy Luis Enrique Bredlini Yevropa  Chempionlar ligasining yarim finali va finalida asosiy tarkibda maydonga tushirmadi va o'yinchi bundan qattiq xafa bo'ldi.

Vaziyatga TEAMtalk nashri jurnalistlari aniqlik kiritdi.

Manbaga ko'ra, mavsumning hal qiluvchi o'yinlarida asosiy tarkibdan joy olmagani Barkolaga o'zi xohlagan darajada o'yin amaliyotiga ega bo'lishi qiyin bo'lishini anglatgan.

Futbolchining jamoani tark etish istagi haqida klub rahbariyatiga ma'lum qilingan. Barkolaga “Arsenal”, “Liverpul”, “Barselona”, “Bavariya” va “Real” klubi qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 70 million yevroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q