"Barsа" direktori: Rodrini olish rejamizda yo‘q edi
«Barselona» sport direktori Deku yaqinda amalga oshgan Rodri transferi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, markaziy yarimhimoyachi «Manchester Siti»dan Kataloniya klubiga o‘tdi. Ispaniyalik futbolchiga «Real» ham jiddiy da’vogar edi, ammo Rodrining o‘zi «Barselona» variantini tanladi.
Dekuga ko‘ra, Rodrini olish dastlab «Barselona» rejalariда umuman bo‘lmagan. Uning aytishicha, bu transfer kutilmaganda, vaziyatdan kelib chiqqan holda kun tartibiga chiqqan.
- Biz yozda amalga oshirgan barcha transferlardan mamnunmiz. Rostini aytsam, Rodri rejalarimizga kirmagandi, chunki uni qo‘lga kiritish amalda imkonsizdek tuyulardi.
Lekin imkoniyat paydo bo‘lishi bilan unga erishish uchun bor kuchimiz va resurslarimizni ishga soldik. U dunyodagi eng kuchli yarimhimoyachilardan biri, — dedi Deku.

Fikrlar